Innovatsion ishlanmalarimiz jahon bozorida

Date:

Malayziyaning Selangor shtatida o‘tkazilayotgan MAHA-2026 xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida O‘zbekiston ilk bor ishtirok etmoqda. Nufuzli anjumanda Termiz davlat universiteti professori Bahodir Xolnazarov va uning jamoasi tomonidan yaratilgan innovatsion gidrogel mahsuloti taqdim etildi.

Ushbu ishlanma mahalliy va xorijiy mutaxassislar e’tiborini tortmoqda. Mahsulotning asosiy afzalliklari:

Suv va o‘g‘it tejamkorligi: O‘z og‘irligidan 300–400 baravar ko‘p suvni yutadi, sug‘orish sonini 2-3 baravar va suv sarfini 35-40 foizga kamaytiradi. Mineral o‘g‘itlar isrofini esa 30-35 foizga qisqartiradi.

Hosildorlik va o‘sish: Tuproqda namlikni barqaror saqlash orqali hosildorlikni 20-25 foizga oshiradi va ildiz tizimining tez rivojlanishiga yordam beradi.

Mazkur xalqaro ishtirok Surxondaryo olimlarining innovatsion ishlanmalarini jahon bozoriga olib chiqish va yangi hamkorlar topishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun