Taraqqiyot poydevori

Date:

Respublikamiz mustaqillikka erishganidan buyon o‘tgan 35 yil davomida barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar, ulkan o‘zgarish va yangilanishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash uchun yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. 2020-yil 21-sentyabrda yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi ham sohadagi islohotlarning muhim huquqiy asoslaridan biri bo‘ldi.
Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar ham izchil davom etmoqda. Davlatimiz rahbarining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-265-sonli qaroriga muvofiq viloyatimizda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi.
Bugun universitetda talabalarning zamonaviy bilim olishi, kasb-hunar egallashi, ilmiy izlanish olib borishi va innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Muassasada 6 ta fakultet va 20 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. Zamonaviy o‘quv binolari, axborot-resurs markazi, laboratoriyalar, kompyuter xonalari, sport inshootlari hamda talabalar turar joylari yangi o‘quv yiliga shay holatga keltirildi.
Universitetda “Ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” yo‘nalishida ham amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Jumladan, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, issiqxonalar tashkil etish va tadbirkorlik asosidagi “Spinn-OF” korxonalari faoliyatini rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda.
Bularning barchasi, avvalo, mustaqilligimiz bergan ulkan imkoniyatlarning amaliy ifodasidir. Zero, mustaqillik — ajdodlarimiz asrlar davomida orzu qilgan buyuk ne’mat. Uni asrab-avaylash, yanada mustahkamlash esa har birimizdan bilim, fidoyilik va bunyodkorlikni talab etadi.
Ayniqsa, yoshlarimizga zamonaviy ta’lim berish, ularni munosib va barkamol insonlar etib tarbiyalash — mustaqil O‘zbekistonning yorqin kelajagi uchun eng muhim vazifalardan biridir.

A.Qo‘chqorov,
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar
universiteti dotsenti v.b, b.f.n

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun