Murojaat muddati —huquq kafolati

Date:

Fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini sud orqali himoya qilishi qonun ustuvorligining muhim kafolatidir. Biroq sudga
murojaat qilishda belgilangan muddatlarga rioya etish ham shunchalik muhim. Amaldagi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 186-moddasiga ko‘ra, agar qonunchilikda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, ma’muriy organ, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki mansabdor shaxsning qarori, harakati yoxud harakatsizligi ustidan sudga olti oy ichida murojaat qilish mumkin. Mazkur muddat shaxs o‘z huquqi buzilganini bilgan kundan hisoblanadi.
Ayrim holatlar uchun esa qisqaroq muddatlar belgilangan. Masalan, davlat ijrochisi qarori yoki harakatidan norozi bo‘linganda 10 kun ichida sudga murojaat qilish lozim.
Shu bois har bir fuqaro o‘z huquqlarini himoya qilish tartibi bilan birga, murojaat qilish muddatlarini ham yaxshi bilishi zarur. Chunki belgilangan muddatni o‘tkazib yuborish sud himoyasidan foydalanish imkoniyatini murakkablashtirishi mumkin. Qonun talablarini o‘z vaqtida bilish va ularga amal qilish esa huquqiy manfaatlarni ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

Z.Temirov,
viloyat ma’muriy
sudi sudya katta yordamchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun