55 OILA — YANGI XONADOND BAYRAMNI KUTIB OLADI

Date:

Aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlash, hududlarda urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida ko‘p qavatli turar joylar barpo etilmoqda.

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sherobod tumanining Do‘stlik mahallasida 16 milliard so‘mlik loyiha doirasida “Safar Jo‘ra Bahrom” MCHJ tomonidan bunyod etilgan 55 xonadonli ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yangi xonadonlarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, nuroniylar va quruvchilar bilan suhbatlashdi.

Tadbirda so‘z olgan nuroniylar yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari tufayli tuman va qishloqlarda ham aholining zamonaviy va farovon yashashi uchun zarur sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladilar.

Yangi xonadon sohiblari yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va farovonligi uchun ezgu tilaklar bildirdilar.

Endilikda mazkur ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi 55 oila Mustaqilligimizning 35 yilligini yangi xonadonlarida kutib oladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun