Toʻpalang suvi qamrovi kengaymoqda

Date:

Surxondaryo viloyati aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida To‘palang suv omboridan suv yetkazib berish bo‘yicha qiymati 287 million dollarlik yirik loyiha amalga oshirilmoqda.

Loyihaning dastlabki bosqichida Termiz shahriga ichimlik suvi yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan edi. Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida esa Jarqo‘rg‘on, Angor va Sherobod tumanlariga ham To‘palang suv omboridan ichimlik suvi yetkazib berish boshlandi.

Jarqo‘rg‘on va Sherobod tumanlarida 10 ming kub metr sig‘imli suv saqlash va tarqatish inshootlari foydalanishga topshirildi.

Sheroboddagi inshootning ochilish tadbirida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, loyiha hudud aholisining ko‘p yillik dolzarb muammolaridan birini hal etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: To‘palang suv omboridan bugungi kungacha 320 kilometr suv tarmog‘i tortilib, 10 ta suv saqlash hovuzi hamda bosimni so‘ndirish inshootlari ishga tushirildi. Natijada Termiz shahri va qator tumanlarda qariyb 1 million aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.

Bu yirik loyiha aholi uchun toza va sifatli ichimlik suvi ta’minotini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun