6 KILOMETRLIK YO‘L VA YANGI KO‘PRIK FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sherobod tumanida aholi uchun muhim bo‘lgan yirik infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda.

Tuman markaziga olib boruvchi Mustaqillik ko‘chasining 0–6-kilometr qismi rekonstruksiya qilinib, yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy talablar asosida yangilangan yo‘l va ko‘prik tuman aholisi hamda hududga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish imkonini beradi.

Obyektlarning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayramining 35 yilligi bilan tabrikladi.

Mazkur yo‘l va ko‘prikning foydalanishga topshirilishi ko‘p yillar davomida aholini qiynab kelgan muhim muammolardan birini bartaraf etib, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun