BAYRAMGA MUNOSIB TUHFA

Date:

Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan kunlarda Bandixon tumanida yana bir quvonchli voqea yuz berdi. Limonzor mahallasidagi 41-sonli umumta’lim maktabi uchun 240 o‘rinli yangi, zamonaviy o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

Qariyb 2,8 milliard so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilgan ushbu bino zamonaviy va qulay sharoitlar bilan jihozlanib, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Yangi binoning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, nuroniylar, jamoatchilik vakillari, maktab jamoasi, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Yangi o‘quv binosi yuzlab o‘g‘il-qizlarning puxta bilim olishi, orzu-maqsadlari sari dadil intilishi va kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun