Avans to‘lovi 15 foizga tushiriladi

Date:

Prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yil 1-noyabrdan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlariga ulangan tadbirkorlik subyektlari uchun oylik iste’mol bo‘yicha oldindan to‘lov miqdori 100 foizdan 15 foizga tushiriladi.

Mazkur tartib oxirgi ikki oy davomida to‘lov intizomiga rioya qilmagan tadbirkorlarga tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, biznes subyektlarining elektr energiyasi va gaz sarfi bo‘yicha hududiy ta’minot korxonalariga yozma hisobot topshirish majburiyati bekor qilinadi. Elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha shartnomalarni elektron shaklda tuzish imkoniyati kengaytirilib, ularni qog‘ozda rasmiylashtirish tartibi ham bekor qilinadi.

Bundan tashqari, uch oy muddatda barcha turdagi moliyaviy va ma’muriy jarimalar qayta ko‘rib chiqilib, ularning miqdorini o‘rtacha ikki barobarga kamaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun