Kamchiliklar bartaraf etiladi

Date:

Muzrabot tumani Oriyat mahallasidagi 8-son maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari yakuniy bosqichga yetkazildi.

Loyiha doirasida bog‘cha hududida 100 o‘rinli yangi qo‘shimcha bino bunyod etilmoqda. Mazkur loyiha uchun 3 milliard 762 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov obyektga tashrif buyurib, qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, binoning foydalanishga tayyorgarligi va bajarilayotgan ishlar sifatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida yangi binoni 1-sentyabrga qadar foydalanishga topshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullarga qolgan ishlarni belgilangan muddatda va sifatli yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 3 kunlik muddat belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun