Birinchi xato uchun ogohlantiriladi

Date:

2027-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlarga nisbatan «Birinchi xato uchun ogohlantirish» qoidasi joriy etiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, birinchi marta qoida buzgan, biroq fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i hamda o‘zgalar mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorlarga darhol jarima qo‘llanmaydi. Ularga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 10 kun muddat beriladi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarida bir yil davomida o‘tkaziladigan har qanday takroriy tekshiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oshiriladi. Bunda kameral soliq tekshiruvlari mustasno etiladi.

Bundan tashqari, 2027-yil 1-yanvardan 2028-yil 31-dekabrgacha o‘rta va yirik tadbirkorlik subyektlari uchun huquqiy eksperiment o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, tadbirkorlar auditorlik tashkilotini jalb etgan holda soliq va yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblash hamda to‘lash bo‘yicha tashabbus tarzidagi auditdan o‘tishi mumkin.

Agar audit davomida aniqlangan xato va kamchiliklar 30 kun ichida bartaraf etilsa, tadbirkorga moliyaviy jarima qo‘llanmaydi.

Shuningdek, kichik biznes subyektlarini tekshirishga 3 yillik moratoriy e’lon qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun