Tarixiy meros — milliy g‘urur va ma’naviyat manbayi

Date:

Ajdodlarimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish, yosh avlod qalbida milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari uchun ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.

Harbiy xizmatchilar Surxondaryo viloyatidagi “Termiz ota” ziyoratgohi hamda “Arxeologiya muzeyi”ga tashrif buyurib, yurtimizning qadimiy tarixi, madaniy merosi va ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.

Ekskursiya davomida muzeyda saqlanayotgan qadimiy yodgorliklar va noyob eksponatlar namoyish etilib, ularning tarixiy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ziyoratgoh va tarixiy maskanlar harbiy xizmatchilarda ajdodlar merosiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tariximiz, milliy qadriyatlarimiz va ajdodlarimizning bunyodkorlik an’analari haqida fikr almashdilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar harbiy xizmatchilarning dunyoqarashini kengaytirish bilan birga, ularda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va tarixiy merosga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ekskursiya yakunida harbiy xizmatchilar tarixiy maskanlardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, tadbirni ko‘tarinki kayfiyatda yakunladilar.

Tarixni anglash — bugunni qadrlash va kelajakni bunyod etishning muhim omilidir.

Izzat Tojiboyev,
DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi, mayor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

1 500 bedana ortidagi katta niyat

Muzrabot tumanida “Yoshlar kuni” doirasida yosh tadbirkorlarning faoliyati o‘rganilib,...

Xorijdagi tajribadan voha taraqqiyotigacha

Surxondaryo viloyati hokimi “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida vohadagi...

Qizlar uchun suhbat, kelajak uchun saboq

Denov tumanidagi 101-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Davraga kel,...

Surxondaryo IT xaritasini kengaytirmoqda

Toshkentda o‘tayotgan “ICT Week Uzbekistan-2026” xalqaro haftaligida Surxondaryo viloyati...
KunTun
KunTun