Huquqiy tushunchalar berildi

Date:

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning huquqiy bilimlarini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ayniqsa, kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir Termiz harbiy prokuraturasi hamda Surxondaryo viloyati IIB xodimlari ishtirokida tashkil etilib, unda “Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, kiberjinoyatlar va ularning oqibatlari hamda oldini olish chora-tadbirlari” mavzusida tushuntirishlar berildi.

Termiz harbiy prokurori, adliya polkovnigi Sh. Mirzayev o‘z ma’ruzasida jinoyat va huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari, ularning oldini olishda har bir harbiy xizmatchining mas’uliyati haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, tadbir davomida 2024-yil 29-noyabrda qabul qilingan O‘RQ-1008-sonli Qonun bilan harbiy xizmatchilar faoliyatida joriy etilgan cheklovlar va ularga rioya qilish tartibi yuzasidan ham atroflicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun