Yoshlar bilan ochiq muloqot

Date:

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning harbiy sohaga oid bilim va tasavvurlarini kengaytirish hamda dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida Kakaydi garnizonida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Termiz harbiy prokurori, adliya polkovnigi Sh.Mirzayev ishtirokida Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida yosh harbiy xizmatchilar hamda garnizonda yashovchi yoshlar uchun “Prokuror va yoshlar uchrashuvi” doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, huquqiy masalalar, harbiy xizmatning o‘ziga xos jihatlari hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda harbiy sohada yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.

Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni Vatan himoyasiga mas’uliyat bilan yondashishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun