Kitobxon oila — ma’naviyatli jamiyat poydevori

Date:

Qumqo‘rg‘on tumani Axborot-kutubxona markazida “Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovining tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tanlov oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob mutolaasiga qiziqishni oshirish hamda oilaviy kitobxonlik an’analarini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Bellashuvda faol ishtirok etgan oilalar orasidan Gulasal Rahimova va uning o‘g‘li Olim Shaymardanov oilasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘olib oilaga diplom, esdalik sovg‘asi hamda tanlovning hududiy bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma topshirildi.

Oilada kitob mutolaasining yo‘lga qo‘yilishi nafaqat farzandlarda bilim va dunyoqarashni boyitadi, balki mehr-oqibat, odob-axloq va ma’naviy qadriyatlarning mustahkamlanishiga ham xizmat qiladi. Shu jihatdan, bunday tanlovlar kitobxon oilalar safini kengaytirish va mutolaa madaniyatini avloddan-avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun