Iqtidorlar kashf etildi

Date:

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jajji nurli yulduzlar” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan tanlovda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 15 ta jamoa ishtirok etdi. 5–7 yoshli tarbiyalanuvchilar milliy raqs, kuy-qo‘shiq, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlari orqali o‘z iste’dod va ijodiy qobiliyatlarini namoyish etdilar.

Tanlov yakunida Qumqo‘rg‘on tumani 30-sonli DMTTning “Surxon yulduzlari” guruhi birinchi, Boysun tumani 7-sonli DMTTning “Alpomish avlodlari” guruhi ikkinchi, Muzrabot tumani 2-sonli DMTTning “Ko‘zmunchoq” guruhi uchinchi o‘rinni egalladi.

Tanlov jajji ishtirokchilarning sahna madaniyati, ijodkorligi va san’atga qiziqishini namoyon etish bilan birga, bolalikdan iste’dodlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va kelgusida yangi qobiliyatlarni yuzaga chiqarish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun