Yozgi sog‘lomlashtirish — muhim jarayon

Date:

Yoz fasli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lom hordiq chiqarishi, tabiatni kuzatishi va turli rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar orqali yangi ko‘nikmalarni egallashi uchun keng imkoniyat yaratadi. Sariosiyo tumanidagi 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 26-maydagi 185-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida barcha guruhlar ishtirokida tashkil etildi. Unda “Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yozgi o‘yinlar va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarni tashkil etishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida fikr va tajribalar almashildi.

Tadbirda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sh. Boboyev ishtirok etib, yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlarini mazmunli tashkil etish, bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiat va suv resurslariga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash yuzasidan tavsiyalar berdi.

Seminar davomida tarbiyachilar tomonidan mavzuga oid ko‘rgazmali mashg‘ulotlar va amaliy faoliyatlar namoyish etildi. Bunday tadbirlar pedagoglarning tajribasini boyitish, yozgi sog‘lomlashtirish jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda bolalarning sog‘lom va har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun