Quruvchilar mehnati — bunyodkorlik poydevori

Date:

Har bir yangi bino, obod ko‘cha va zamonaviy inshoot ortida o‘z kasbiga fidoyi, mehnatkash insonlarning zahmati mujassam. Oltinsoy tumanida ana shunday bunyodkorlarning mehnatini e’zozlashga bag‘ishlangan Quruvchilar kuni munosib nishonlandi.

Bayram tadbirida qurilish sohasi vakillarining mashaqqatli va sharafli mehnati alohida e’tirof etildi. Tuman hokimi Otabek Mavlyanov soha xodimlarini bayram bilan tabriklab, ularning mehnati Oltinsoyning bugungi qiyofasi va kelgusi taraqqiyotini ta’minlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Tadbir davomida zamonaviy inshootlar, turar joylar, ijtimoiy obyektlar va infratuzilma loyihalarini barpo etishda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh quruvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Zero, quruvchilar mehnati — yangi bunyodkorliklar, obod maskanlar va farovon hayot uchun mustahkam poydevordir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun