“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Date:

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlashda san’at festivallarining o‘rni beqiyos. Bunday nufuzli tadbirlar yurtimizning boy madaniy merosini dunyoga namoyish etish uchun muhim imkoniyat yaratadi.

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan VII Xalqaro “Buyuk Ipak yo‘lida yulduzlar nuri” tanlov-festivalida Termiz davlat universitetining “Jayhun” folklor-etnografik jamoasi munosib ishtirok etdi. Jamoa o‘zining yuksak mahorati, milliy qadriyatlarimiz va san’atimizga xos betakror chiqishlari bilan xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Turli mamlakatlardan iqtidorli yoshlar, ijodiy jamoalar va san’at namoyandalari qatnashgan festival millatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqlar do‘stligini rivojlantirishga xizmat qildi.

“Jayhun” jamoasi xalqaro sahnada milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz va boy madaniy merosimizni munosib namoyish etib, Termiz davlat universiteti hamda O‘zbekiston sharafini yuksak darajada himoya qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun