Do‘stligimiz kuylandi

Date:

O‘zbekiston xalqlarining asriy do‘stligi, o‘zaro hurmat va bag‘rikengligi – mamlakatimiz tinchligi va taraqqiyotining mustahkam poydevoridir. Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Do‘stlik” festivali doirasida Termiz shahrida ham tantanali bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

Festivalning “Do‘stlik ohanglari” nomli gala-konsert dasturida turli millat va elat vakillari o‘zlarining milliy kuy-qo‘shiqlari, jo‘shqin raqslari va sahna ko‘rinishlari bilan chiqish qilib, Yangi O‘zbekistonda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va ahillik muhitini yorqin namoyon etdilar.

Tadbir davomida do‘stlik, hamjihatlik va birdamlik g‘oyalari keng targ‘ib etilib, tinchlik va barqarorlikni asrash, turli millatlar o‘rtasidagi totuvlikni mustahkamlash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani alohida ta’kidlandi. Bu bayram xalqimizning birligini yanada mustahkamlovchi muhim voqea bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun