Murosasizlik eng kuchli qurol

Date:

Korrupsiya davlatlarning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘layotgan eng dolzarb muammolardan biridir. Mazkur illat jamiyatda adolat tamoyillariga putur yetkazadi, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini susaytiradi hamda jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois korrupsiyaga qarshi kurashish dunyoning ko‘plab davlatlari qatori O‘zbekistonda ham davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning mustahkam huquqiy asoslari yaratildi. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, Oliy Majlis palatalarida tegishli qo‘mitalar hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining tashkil etilishi ushbu yo‘nalishdagi islohotlarning izchil davom etayotganidan dalolat beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2025-yil 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Prezidentimiz korrupsiyaning oldini olish, eng avvalo, davlat xizmatiga halol, professional va fidoyi kadrlarni tanlashdan boshlanishini alohida ta’kidladi. Shuningdek, davlat xizmatchilarining daromadlarini deklaratsiya qilish, ishga qabul qilish jarayonlarini takomillashtirish hamda yoshlar ongiga halollik va adolat tamoyillarini singdirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq vazirlik va idoralarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) tizimi joriy etildi. Mazkur tizim korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xodimlarda halollik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Mazkur qaror asosida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tizimida, jumladan, Surxondaryo viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasida ham korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyat yuritmoqda. Komplayens xizmati tomonidan tasdiqlangan rejalar asosida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish, xodimlarning huquqiy bilimini oshirish va profilaktik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bir martalik tadbir emas, balki uzluksiz davom etadigan jarayondir. Halollik, mas’uliyat va qonun ustuvorligi tamoyillariga sodiqlik, shuningdek, davlat organlari va jamoatchilikning hamkorligi ushbu illatning oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash har birimizning fuqarolik burchimizdir.

Isroil DO‘STQOBILOV,

viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi bosh yuristkonsulti,  3-darajali adliya maslahatchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun