Hudud yanada ko‘rkam

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanida temir yo‘l atrofidagi hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik tadbirlari hududning estetik ko‘rinishini yaxshilash, ekologik muhitni sog‘lomlashtirish va ozodalikka erishishga qaratilgan.

Temir yo‘lga tutash maydonlarda chiqindilar tozalanib, daraxtlar oqlanmoqda, ariq-zovurlar tartibga keltirilmoqda hamda yangi ko‘chatlar ekilmoqda. Ushbu ishlarda mahalla faollari, yoshlar, ko‘ngillilar va aholi vakillari faol ishtirok etib, hududlarni yanada fayzli va ko‘rkam qilishga hissa qo‘shmoqda.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, obodonlashtirish ishlari nafaqat tashqi qiyofani yaxshilaydi, balki ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholi uchun yanada qulay muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Natijada Jarqo‘rg‘onning kirish-chiqish hududlari yanada jozibador va zamonaviy ko‘rinish kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun