Sayyohlar oqimini oshirish imkoniyatlari o‘rganilmoqda

Date:

Surxondaryoning turizm salohiyatini xalqaro bozorda keng targ‘ib etish va xorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Yaponiyaning yetakchi turoperatorlari viloyatga tashrif buyurdi.

Delegatsiya Termizdagi Al-Hakim at-Termiziy majmuasi, Fayoztepa, Qoratepa va Zurmala stupasi kabi tarixiy obidalar bilan tanishib, hududning boy madaniy merosi va turistik imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Uch kunlik tashrif davomida mehmonlar Denov, Sariosiyo va Boysun tumanlaridagi sayyohlik maskanlarini ham ko‘zdan kechiradi. Mazkur tashrif Surxondaryoning xalqaro turizm yo‘nalishidagi jozibadorligini oshirish va Yaponiya bilan turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun