Tafakkur va taraqqiyot sari muhim qadam

Date:

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa orqali ularning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Kitob sovg‘a” aksiyasi doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Termiz shahar hokimi o‘rinbosari Ashurov Kamol Musurmonqulovich hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i Karimov Yoqub yoshlar bilan uchrashib, o‘zlari mutolaa qilgan va hayotiy tajribalarida muhim o‘rin tutgan kitoblarni sovg‘a qildilar.

Uchrashuv davomida kitoblarning mazmuni, ularning inson kamoloti va muvaffaqiyatga erishishdagi o‘rni haqida samimiy fikr almashildi. Bunday tashabbuslar yoshlar orasida mutolaa madaniyatini mustahkamlash, kitobga mehr uyg‘otish hamda bilimli avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun