Hokimlar yirik loyihalar bilan tanishmoqda

Date:

Prezidentimiz raisligida joriy yilning 2-iyun kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimlari Toshkent viloyatida amalga oshirilgan yirik investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashmoqda.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etib, hududdagi iqtisodiy va turistik salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgan zamonaviy loyihalar faoliyati bilan tanishmoqda. Jumladan, delegatsiya Chorvoq darvozasi hududida amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, zamonaviy infratuzilma yechimlari bilan tanishdi. Shuningdek, Bo‘stonliq tumanidagi zamonaviy rekreatsion maskan — “Ugam River” markazi hamda “Chimyon” turistik majmuasi hududida joylashgan “Za’faron” mehmonxonasi sharoitlari ko’zdan kechirildi.

Tanishuv davomida mehmonlarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish sifati, investitsiyalarni jalb etish mexanizmlari va turistik infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ilg‘or tajribalar muhokama qilindi.

Hududlar rahbarlari Prezidentimiz yaqinda tashrif buyurgan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarga texnoparkning bugungi faoliyati, kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar hamda hududning sanoat salohiyatini yanada yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar taqdimot qilindi.

Taqdimot davomida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining natijalari, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, eksport hajmini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha rejalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari termoplastik elastomer granulalari va ulardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “NovoPlast TPE” korxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida import o‘rnini bosuvchi hamda xalqaro bozorlarda raqobatbardosh eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

Tashrif doirasida mehmonlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning salohiyatini namoyon etuvchi “Zanjir dunyosi” taqinchoqlar ko‘rgazmasini ham ko‘zdan kechirdilar. Unda namoyish etilgan mahsulotlarning sifati, zamonaviy dizayni va milliy hunarmandchilik an’analarini o‘zida mujassam etgan jihatlari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bunday amaliy tanishuvlar hududlarda sanoatni rivojlantirish, investitsiyalarni faol jalb etish hamda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish borasidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ekologlar e’zozda

Atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida faoliyat yuritayotgan bir qator ekologlar...

Maktab ta’tilda ham bag‘riga chorlar

Denov tumanidagi 74-umumta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan yozgi sog‘lomlashtirish...

“Janub yoʻlbarslari” eʼtirof etildi

Qashqadaryo viloyatida “Jasorat uchqunlari” harbiy-vatanparvarlik va sport musobaqasining respublika...

Ilg‘or tajribalar bilan tanishildi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari...
KunTun
KunTun