Yangi ta’lim maskani — kelajak poydevori

Date:

Termiz davlat pedagogika institutining yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirilishi hudud ta’lim tizimidagi muhim voqea bo‘ldi. Marosimda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Zamonaviy arxitektura asosida bunyod etilgan, 1500 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur ta’lim maskani talabalarga yuqori sifatli bilim olish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Binoda o‘quv va laboratoriya xonalari, kutubxona, yotoqxona, oshxona hamda sport mashg‘ulotlari uchun barcha zarur sharoitlar mujassam.

Tadbir davomida vazir pedagoglar va talabalar bilan muloqot qilib, zamonaviy bilim va malakaga ega kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Mazkur yangi o‘quv binosi nafaqat ta’lim sifati oshishiga, balki kelajak avlodni yetuk, raqobatbardosh mutaxassislar etib tarbiyalashga xizmat qiladigan muhim qadamdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun