“Fidokor”liklar sifatli suvga ega bo‘ladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida qurilish va ta’mirlash ishlari, shuningdek, ilgari berilgan topshiriqlar ijrosini o‘rganish maqsadida hududga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Fidoko”r mahallasida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha “Start Invest Build” MCH amalga oshirayotgan loyiha bilan tanishildi. Loyihaga jami 5,19 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, u mahallada ichimlik suvi infratuzilmasini modernizatsiya qilish va uzluksiz ta’minotni ta’minlashga qaratilgan.

Viloyat hokimi ishlar sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta’kidladi, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Ushbu tashabbus aholining hayot sifatini oshirish va hudud infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun