Qumqo‘rg‘on tumani markazidagi Beruniy ko‘chasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hududni ko‘rkamlashtirish va ekologik muhitni yaxshilash maqsadida manzarali archa ko‘chatlari ekilib, yashil hududlar kengaytirilmoqda. Bu esa nafaqat hududning estetik qiyofasini yaxshilaydi, balki toza havo muhitini shakllantirib, aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, obodonlashtirish ishlari davomida ko‘chalar tartibga keltirilib, atrof-muhit tozaligi ta’minlanmoqda. Bunday bunyodkorlik ishlari tuman markazini yanada obod va jozibador maskanga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

