Oltinsoyni yayov kezganda…

Date:

Oltinsoy tumanidagi 1-son texnikumida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda jismoniy faollikni oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi Oltinsoy tumani bo‘limi tomonidan “5000 qadam” aksiyasi tashkil etildi.

Mazkur aksiyada partiya faollari, yoshlar, texnikum o‘qituvchi va talabalari, shuningdek tashkilot va muassasa xodimlari hamda faol fuqarolar ishtirok etdilar. Ishtirokchilar belgilangan yo‘nalish bo‘ylab birgalikda yurib, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati hamda atrof-muhitni asrash masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Tadbir davomida aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, tabiatni asrab-avaylash va atrof-muhit tozaligini ta’minlash har bir fuqaroning burchi ekani ta’kidlandi.

Bunday tadbirlar fuqarolarni sog‘lom hayot tarziga undash, jamiyatda ekologik ong va mas’uliyatni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun