Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Date:

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan muhandislik laboratoriyasi faoliyati yaqindan o‘rganildi. Tadbirda tuman hokimi Otabek Mavlyanov ham ishtirok etdi.

Laboratoriyada o‘quvchilar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan shart-sharoitlarda amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda. Bu yoshlarning texnik bilim va ko‘nikmalarini oshirish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda muhandislik va texnologiya sohalariga qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Tuman hokimi laboratoriyaning yoshlarning ilm-fan va texnologiyaga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirishda muhimligini ta’kidlab, mas’ullarga ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Bunday laboratoriyalar orqali o‘quvchilar nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarni egallab, kelajakda innovatsion yechimlar yaratishga tayyorlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tashabbus

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda “Turonbak”...

“IN VITRO” o‘z faoliyatini boshladi

Termiz davlat universiteti huzuridagi “IN VITRO” laboratoriyasi o‘z faoliyatini...

G‘oliblar taqdirlandi

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy...

Musobaqa qizg‘in pallada

O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab...
KunTun
KunTun