Ustamasi bor

Date:

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida bittadan “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilishi belgilandi. Unga ko‘ra, ushbu bog‘chalarda faoliyat yuritadigan rahbar va pedagog xodimlarga tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama joriy etiladi. Bunda ma’muriy-boshqaruv va pedagog lavozimlariga oliy ma’lumotli, yuqori salohiyatli nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi.

“Yangi avlod” bog‘chalari tarkibida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazlari tashkil etiladi. Ularda bolalarning yoshi va rivojlanish bosqichiga mos ravishda ijod va san’at, fan va matematika, jismoniy faollik, til va tasavvur, robototexnika hamda ilk algoritmlash yo‘nalishlarida tematik o‘yingohlar yo‘lga qo‘yiladi.

​Farmonga muvofiq, har bir “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotiga Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi direktor o‘rinbosari shtati ajratiladi. Har bir tematik o‘yingoh uchun alohida tarbiyachi-yo‘riqchi birligi joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi masjid — do‘stlik va birdamlik timsoli

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan “Buxoro” masjidi...

“Sog‘lom ona — baxtli kelajak”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 10-apreldan 10-mayga...

“Media haftalik”: Surxondaryoda start oldi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar...

Sohada texnologik yutuq

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hosildorlikni...
KunTun
KunTun