Termiz shahridagi San’at saroyida viloyat sport boshqarmasi, Yengil atletika federatsiyasi, tegishli tashkilotlar hamkorligida “Men g‘olib” deb nomlangan ommaviy vatanparvarlik yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona va tashkilotlar xodimlari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari faol ishtirok etdi.
Marafonda ishtirokchilar 3 kilometrlik masofani bosib o‘tishga harakat qilishdi. Turli yosh toifasidagi ishtirokchilar o‘zining jismoniy imkoniyatini yugurib sinovdan o‘tkazdi. Hayajonli daqiqalarga boy tarzda o‘tgan marafon yakunida g‘oliblar musobaqa medali hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

