“Bobur merosi — millat iftixori”

Date:

Buyuk shoh va shoir, yirik davlat arbobi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universiteti fakultetlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Jumladan, universitet hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bobur merosi — millat iftixori” mavzusidagi tadbirlarda talaba-yoshlar buyuk ajdodimiz ijodidan g‘azal va ruboiylar o‘qib, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar hamda raqs chiqishlarini namoyish etdilar.

Tadbirlar davomida Bobur ijodining yuksak badiiyati, uning boy ma’naviy merosi va milliy davlatchiligimiz tarixidagi o‘rni keng targ‘ib qilinib, yoshlarda milliy g‘urur, vatanparvarlik va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usi yanada mustahkamlandi.

Darhaqiqat, Bobur merosi — millatimizning bebaho xazinasi, kelajak avlodlar uchun esa yorqin ma’naviy mash’aldir. O‘tkazilayotgan bunday tadbirlar yoshlarni ma’naviy yetuk, tarixini chuqur anglaydigan va ajdodlariga munosib avlod bo‘lib kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun