Tadbirkor ko‘magi bilan…

Date:

Surxondaryoda ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlarga moslashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Bu jarayonda mahalliy tadbirkorlar ham faol qatnashmoqda.

Denov tumanidagi 35-sonli umumta’lim maktabining 330 o‘rinli binosi tadbirkor Jamshid Ibragimov tashabbusi bilan homiylik mablag‘lari hisobidan kapital ta’mirlanmoqda. Loyiha doirasida o‘quv binosi, sport zali va oshxona to‘liq yangilanib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanadi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov maktabda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Ma’lum qilinishicha, shu paytgacha viloyatda tadbirkorlar tashabbusi bilan to‘rtta maktab to‘liq ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun