Millat  o‘zligi  va  ma’naviy merosi

Date:

Milliy liboslar har bir xalqning tarixiy xotirasi, madaniyati va ma’naviy dunyosini ifoda etuvchi muhim qadriyatdir.

O‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan milliy liboslari esa o‘zida milliy o‘zlik, estetik did va hayot falsafasini mujassam etgan bebaho meros sanaladi. Ayniqsa, atlas va adras matolaridan tikilgan liboslar xalqimizning nozik didi, yuksak hunarmandchilik an’analari va milliy ruhini yaqqol namoyon etadi. Atlas va adras matolari azaldan ajdodlarimiz tomonidan tabiiy ipakdan mahorat bilan to‘qilgan. Atlas — tanda va arqoq ipi to‘liq ipakdan tayyorlangan, silliq va yaltiroq yuzasi bilan ajralib tursa, adras ipak va paxta tolalarining uyg‘unligidan yaratilgan bo‘lib, mustahkamligi, rang-barangligi va o‘ziga xos naqshlari bilan qadrlanadi.

Bugungi globallashuv jarayonida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni zamonaviy hayot bilan uyg‘unlashtirish muhim vazifaga aylanmoqda. Shu nuqtayi nazardan, yurtimizda atlas va adras matolarini targ‘ib etish, milliy liboslarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda ularni kundalik hayotga faol tatbiq etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, haftaning har juma kuni “Milliy liboslar kuni” etib belgilanishi milliy kiyinish madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgan muhim tashabbuslardan biridir.

“Milliy liboslar kuni” jamiyatda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani mustahkamlash, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan urf-odat va an’analarni e’zozlash g‘oyalarini keng targ‘ib etadi. Ushbu tashabbus, ayniqsa, yoshlar qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Milliy liboslar — xalqimizning ma’naviy boyligi va milliy g‘urur manbayidir. Nodir matolarimizni targ‘ib etish va kundalik hayotimizga keng tatbiq etish orqali milliy qadriyatlarimizni mustahkamlab, ularni kelajak avlodga munosib tarzda yetkazamiz. Bu esa milliy o‘zligimizni saqlash va rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Nigora Mingboyeva,

Sariosiyo tuman 1-son texnikumi ishlab chiqarish ta’limi ustasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDUning in vitro laboratoriyasi bo‘ladi

Termiz davlat universiteti huzurida tashkil etilayotgan “O‘simliklarni mikroklonal ko‘paytirish”...

Gulchilik maktabi tashkil etiladi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida amalga oshirilayotgan...

Tadbirkor ko‘magi bilan…

Surxondaryoda ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlarga moslashtirish ishlari izchil davom...

Maktabda “Muhandislik laboratoriyasi” ishga tushadi

Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov 44-sonli umumta’lim maktabida ilgari...
KunTun
KunTun