“SMM AI Savodxon” bitiruvchilari taqdirlandi

Date:

Surxondaryo viloyatida “SMM AI Savodxon” o‘quv kursining navbatdagi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi. Loyiha OAV uchun kontent tayyorlash markazi, AT “Aloqabank” va “Mayoq Academy” hamkorligida tashkil etildi.

Olti haftalik o‘quv kursi davomida yoshlar SMM va sun’iy intellekt asosida kontent yaratish, ijtimoiy tarmoqlarda marketing yuritish hamda raqamli ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ldilar. Mazkur loyiha yoshlarning zamonaviy kasblarga qiziqishini oshirish va raqamli iqtisodiyotga mos kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Ayni paytda kursning ikkinchi mavsumi davom etmoqda bo‘lib, mashg‘ulotlar onlayn va oflayn formatda, mutlaqo bepul tashkil etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun