Bayram bayramdek o‘tadi

Date:

Yurtimizda bahor fasli bilan birga yangilanish, ezgulik va hamjihatlik timsoli bo‘lgan Navro‘z umumxalq bayrami yaqinlashmoqda. Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyatida bayram tadbirlarini munosib kutib olishga qaratilgan tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Termiz davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan yig‘ilishda mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, Navro‘z bayramini yuqori saviyada tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Unda hududlarni bayram ruhiga mos ravishda bezash, bayram dasturlarini puxta ishlab chiqish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, bahorgi obodonlashtirish ishlarini tizimli olib borish, infratuzilmani yaxshilash va shahar hamda qishloqlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan loyihalarni sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun