Dunyo “suv bankrotligi” yoqasida

Date:

BMT universiteti huzuridagi Suv, atrof-muhit va salomatlik instituti e’lon qilgan yangi hisobotga ko‘ra, dunyo suv inqirozining mutlaqo yangi va xavfli bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Mutaxassislar bu holatni endi oddiy “suv tanqisligi” yoki “suv stressi” tushunchalari bilan izohlab bo‘lmasligini ta’kidlab, yangi atama — “suv bankrotligi”ni qo‘llashni taklif etmoqda.

Hisobotda qayd etilishicha, daryolar, ko‘llar va yerosti suv zaxiralari tabiat ularni qayta tiklashga ulgurishidan ancha tez sur’atlarda kamaymoqda. O‘nlab yillar davomida suvdan haddan tashqari foydalanish, ifloslanish, ekotizimlarning buzilishi va iqlim o‘zgarishi natijasida ko‘plab suv tizimlari tiklanish chegarasidan o‘tib ketgan.

So‘nggi 50 yil ichida dunyo qariyb 410 million gektar suvli-botqoq hududlardan ayrildi, ko‘plab yirik daryolar esa yilning ayrim davrlarida dengizga yetib bormayapti. Yerosti suvlariga bo‘lgan bosim ayniqsa kuchayib, ichimlik suvi va sug‘orishda foydalaniladigan manbalarning qariyb 70 foizi barqaror kamayish holatini ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislar iqlim o‘zgarishi vaziyatni yanada og‘irlashtirayotganini, muzliklarning qisqarishi esa millionlab insonlarning suv xavfsizligiga tahdid solayotganini qayd etmoqda. Hisobot mualliflari hukumatlarni suv siyosatini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqishga va muammoni tan olishni kechiktirmaslikka chaqirmoqda.

Ushbu ogohlantirish suv resurslaridan oqilona foydalanish bugun nafaqat ekologik, balki global xavfsizlik masalasiga aylanganini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun