Kambag‘allik 4,5 foizga qisqardi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumanida bo‘lib, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tizimli chora-tadbirlar natijasida viloyatda kambag‘allik darajasi 9,3 foizdan 4,5 foizgacha qisqargani qayd etildi.

Birdamlik mahallasidagi “Yagona ijtimoiy reestr”ga kiritilgan oila misolida ko‘rilayotgan yordamlar o‘rganildi. Xonadonga quyosh paneli o‘rnatilib, ortiqcha elektr energiyasi sotilmoqda. Oila daromadini oshirish uchun savdo do‘koni qurish va qo‘shimcha ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Bektepa mahallasidagi “Baraka gold” fermer xo‘jaligida 200 bosh naslli qo‘y parvarishi loyihasi bilan tanishildi. Qiymati 1,3 mlrd so‘mlik loyiha doirasida 5 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan. Loyiha faoliyatini kengaytirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga vazifalar yuklandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun