Bolajonlar fransuz tilini o‘rganadi

Date:

Fransiyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Kokoro Lingua” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Mazkur hamkorlik doirasida Surxondaryo viloyatida ham maktabgacha ta’lim tizimida fransuz tilini o‘rgatish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Termiz shahrida “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Kokoro Lingua” innovatsion fransuz tilini o‘rganish platformasidan samarali foydalanish” mavzusida viloyat seminari tashkil etildi. Memorandum doirasida dastlab viloyatdagi bir qator davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, ularda innovatsion “Kokoro Lingua” platformasiga joylashtirilgan 10 ta videodars orqali bolalarga fransuz tili bepul o‘rgatilmoqda.

Videodarslarning bolalar yoshiga mosligi, qiziqarliligi va yuqori samaradorligi ijobiy natijalar berayotgani sababli mazkur tajribani viloyat bo‘ylab boshqa maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham keng joriy etish rejalashtirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hisobotdan amaliy natijaga, rejalardan hayotga…

Zamonaviy davlat boshqaruvi tizimida davlat rahbarining parlament va xalqqa...

Ichki yo‘llar rekonstruksiya qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda yirik qurilish va...

Elektr ta’minoti loyihasi nazoratda

 “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barqaror infratuzilma bilan ta’minlash doirasida Surxondaryo...

Kitobxonlikni rivojlantirishda yangi davr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kitobxonlik...
KunTun
KunTun