Faollar taqdirlandi

Date:

8-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan prokuratura organlarida o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi hamda soha rivoji va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilib kelayotgan xodimlarning samarali faoliyati alohida e’tirof etildi.

Shu munosabat bilan Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati organlarida faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh tashabbuskor va mas’uliyatli xodimlarning xizmatlari munosib baholandi. Tantanali tadbirda ularga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Majburiy ijro byurosi direktori hamda Byuroning viloyat boshqarmasi boshlig‘i nomidan faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tegishli buyrug‘iga asosan, Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Surishtiruv va ma’muriy amaliyot sho‘basi surishtiruvchisi Sh.Shoto‘rayev ko‘p yillik samarali mehnati va yoshlarga namunali ustozligi uchun “Faxriy murabbiy” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur e’tirof prokuratura organlari tizimida mas’uliyatli va fidoyi xodimlarni rag‘batlantirish, ularning xizmat faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun