Loyiha ikkinchi bosqichda

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanidan o‘tuvchi 4R-101 avtomobil yo‘lining 0–7 kilometr qismida keng ko‘lamli qayta qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq, qurilish-ta’mirlash ishlari ikki bosqichda amalga oshirilishi belgilangan.

Birinchi bosqich doirasida avtomobil yo‘li bo‘ylab joylashgan 3 ta ko‘prik to‘liq qayta qurildi. Jumladan, texnik holati talabga javob bermagan eski ko‘priklar butunlay demontaj qilinib, ularning o‘rnida zamonaviy, mustahkam va xavfsizlik talablariga to‘liq javob beradigan yangi ko‘priklar barpo etildi.

Hozirgi kunda loyihaning ikkinchi bosqichi boshlab yuborilgan bo‘lib, ushbu bosqichda avtomobil yo‘lining 3,0 kilometr qismida asfalt yotqizish ishlari bajarilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda belgilangan ish rejasi asosida yo‘l asosini tekislash, mustahkamlash hamda asfalt yotqizish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun