Olis hududlardagi maktablar uchun onlayn darslar

Date:

 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 19-dekabrdagi 38-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatimizning olis va chekka hududlaridagi umumta’lim maktablari uchun xorijiy tillardan onlayn darslar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shunga muvofiq, bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Termiz davlat pedagogika instituti hamkorligida onlayn darslar o‘tilishi ko‘zda tutilgan 10 ta umumta’lim maktabiga zamonaviy elektron doskalar topshirildi. Bu esa o‘quvchilarning masofaviy ta’lim jarayonida yanada samarali o‘rganishlariga, pedagoglarning esa interaktiv va innovatsion metodlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus viloyatimizning olis hududlaridagi ta’lim sifatini oshirish va har bir o‘quvchiga zamonaviy bilim olish imkoniyatini yaratishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun