Kambag‘allikdan tadbirkorlik sari

Date:

2026-yil 1-fevraldan O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi yangi bosqichga ko‘tariladi. Prezident farmoni bilan “Davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiruvchi fuqarolar uchun moddiy yordamdan tashqari, o‘zini o‘zi ta’minlashga qaratilgan samarali ijtimoiy paket joriy etilmoqda.

Mazkur qaror shunchaki pul tarqatish emas, balki ehtiyojmand oilalarga baliq emas, qarmoq berish tamoyiliga asoslangan. BHMning 100 baravarigacha bo‘lgan subsidiya hisobiga o‘rnatiladigan quyosh panellari oilani elektr xarajatidan ozod qiladi va ortiqcha energiyani sotish imkonini beradi.

4 yil muddatga beriladigan va foizlari davlat tomonidan qoplanadigan kreditlar (BHMning 75 baravarigacha) oilalarga chorvachilik, hunarmandchilik yoki xizmat ko‘rsatishni boshlash uchun real imkoniyatdir. Mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy kartaga tashlab beriladi.

Tuman hokimliklari huzurida mustaqil Apellatsiya kengashlarining tuzilishi ijtimoiy yordam tayinlashdagi byurokratiya va nohaqliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun