Jasorat va matonat sohiblari sharaflandi

Date:

Prezidentimiz tashabbuslari asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot sifati va turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ezgu ishlar Surxondaryo viloyatida izchil davom etmoqda.

Ana shunday e’tibor va g‘amxo‘rlik ifodasi sifatida Termiz shahridagi “Mumtoz” tantanalar saroyida afg‘on urushi qatnashchilari hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, “VETERAN” jangchi faxriy va nogironlar birlashmasi raisi Tal’at Murodov, O‘zbekiston “Nuroniy” jamg‘armasi raisining birinchi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat rahbari afg‘on urushi qatnashchilarining mardligi, fidoyiligi va Vatan oldidagi xizmatlarini yuksak e’tirof etib, ularning bugungi kunda ham jamiyat hayotida faol ishtirok etib, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotganini alohida ta’kidladi.

Bayram davomida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir madaniyat va san’at namoyandalarining dilbar chiqishlari hamda to‘kin dasturxon atrofida samimiy, ko‘tarinki va faxr-iftixorga boy muhitda davom etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

My.gov.uz:  navbatdagi  qulaylik

Endilikda fuqarolar  pensiya to`lovlarini  bank kartasidan  naqd pul shakliga ...

Samarali hamkorlik

Nazariy bilimlar auditoriyada berilganidan ko‘ra, noan’anaviy tarzda tashkil etilsa,...

Qizlar to‘p suradi

Yurtimizda ilk bor o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha tashkil...

Temuriylar davri aks etadi

Qatar poytaxti Dohada Afg‘onistonning 5 ming yildan ortiq tarixi...
KunTun
KunTun