Loyiha ilmiy asoslangan

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi. Universitet olimlari Angor tumanida “yashil belbog‘” barpo etish uchun ajratilgan 220 gektar maydonning tuproq va iqlim sharoitlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalarini taqdim etdi.

Uchrashuvda mutaxassislar hududning agroekologik ko‘rsatkichlari, tuproq unumdorligi, shamol yo‘nalishlari va suv ta’minoti kabi omillarni chuqur o‘rgangan holda maydonga eng mos daraxt va buta turlari bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarini bildirdi.

Viloyat rahbari taqdim etilgan ilmiy xulosalarni yuqori baholab, mas’ullarga ishlarni qat’iy ilmiy yondashuv asosida tashkil etish, shuningdek, “yashil belbog‘” loyihasini bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«MAYLIKU-YA…»

U mahalla raisi oldiga kelib o‘zini nochordan olib nochorga...

Murojaatnoma mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston...

615 gektarda turizm majmuasi

Surxondaryo viloyatida uchta yirik turizm markazini tashkil etish ishlari...

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, mehnat migratsiyasiga ketgan...
KunTun
KunTun