Xotira — qalbning nuridir

Date:

Termiz shahridagi 13-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan ma’rifiy tadbir qalblarga iliqlik, xotiralarga esa yangi ma’no bag‘ishladi. “Xotira aziz, qadr muqaddas!” shiori ostida o‘tgan mazmunli uchrashuv maktabning sobiq o‘quvchisi, o‘z iste’dodi va matonati bilan ko‘pchilikning e’tiborini qozongan marhum sportchi Sitora Salomova xotirasiga bag‘ishlandi.
Tadbirda viloyat Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, o‘tganlarni yod etishning buyuk fazilat ekanini yana bir bor his qildilar. Maktab direktori va ustozlar Sitora Salomovaning o‘quvchilik davrida erishgan yutuqlari, uning tirishqoqligi, iroda va intilishlari haqida samimiy xotiralarni yodga oldilar. Aytilgan har bir so‘z Sitoraning yorug‘ xotirasini qalblarda yanada abadiylashtirdi.
Tadbir davomida yosh sportchilarning chiqishlari, harbiy qurol-aslahalar ko‘rgazmasi va ma’naviy sahnalar kunning ta’sirchan muhitini boyitdi. Bu nafaqat bir sportchining xotirasini eslash, balki yoshlarga saboq bo‘ladigan hayotiy haqiqatni anglatdi: insonning ezgu amallari, yurtga muhabbati va mehnatsevarligi uni umridan ham ko‘proq yashatadi.
Sitora Salomovaning shijoati, sportdagi yutuqlari va insoniy fazilatlari esa bugungi avlod uchun yorqin ibratdir. Bunday xotira tadbirlari esa nafaqat o‘tganlarni e’zozlash, balki kelajak yoshlarni matonat, vatanparvarlik va ezgulikka chorlaydigan muhim ma’naviy maktab bo‘lib xizmat qiladi.

Oldingi sahifaFarovonlik garovi
Keyingi sahifaDemokratiya talabi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning  samarqandlik  o‘g‘li

Vatan o‘z farzandlarini matonati, sadoqati, shijoati va beorom qalblari...

Novvoyning holiga  voy

Giyohvand moddalarni iste’mol qilish insonni zalolatga, salomatlikdan ayrilish va...

Iste’molchilar  huquqlari: nazorat  va  natija

Bugungi kunda iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, sog‘lom raqobat...

Beparvolik  kechirilmaydi

Bugungi kunda viloyatimizda yangi bino va inshootlar qurilishi, ko‘p...
KunTun
KunTun