100 ming AQSH dollari yordam ajratildi

Date:

2025-yil noyabr oyida moddiy jihatdan og‘ir vaziyatga tushib qolgan 270 nafar O‘zbekiston fuqarosiga jami 100 ming AQSH dollari miqdorida yordam ko‘rsatildi.

Tashqi ishlar vazirligi axborotiga ko‘ra, o‘tgan oy davomida:

* 16 972 nafar fuqaroga konsullik xizmatlari ko‘rsatildi;

* Chet elda ishlash istagini bildirgan 870 nafar o‘zbekistonlik ishga joylashtirishda qo‘llab-quvvatlandi;

* Vaqtincha saqlash muassasalarida bo‘lgan 180 nafar fuqaro ozod qilindi;

* Murakkab sharoitda qolgan 157 nafar o‘zbekistonlik hamda odam savdosi qurboni bo‘lgan 5 nafar fuqaro vatanga qaytarildi;

* Xorijdagi vatandoshlar ishtirokida 114 dan ortiq madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Shuningdek, TIV tomonidan kelib tushgan 18 960 ta murojaat ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ularning aksariyati belgilangan tartibda hal etildi. Bir oy ichida chet el fuqarolari uchun 20 591 ta viza rasmiylashtirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muhim masalalar muhokamada

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i...

Yangi takliflar ilgari surildi

Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga muvofiq, Termiz davlat universiteti huzuridagi...

“Nonni bosgan qizaloq”

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan Hans Christian...

Ishonchli g‘alaba!

Buxoro mezbonligida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol...
KunTun
KunTun