Mahalliy byudjet orqali moliyalashtiriladi

Date:

2026-yildan boshlab akademik litseylarni saqlash, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar obyektlarini loyihalash, qurish hamda mukammal ta’mirlash xarajatlari mahalliy byudjetlar zimmasiga o‘tkaziladi. Ushbu jarayon Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Reja doirasida 2026-yilda respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga 19,7 trillion so‘m miqdorida tartibga soluvchi transfertlar ajratilishi kutilmoqda. Shundan 3,6 trillion so‘m aksiz solig‘i tushumlari hisobidan shakllantiriladi.

Mazkur o‘zgarishlar mahalliy darajada ta’lim infratuzilmasini yaxshilash va resurslardan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun