Madaniyat maskanlaridan samarali foydalanilyaptimi?

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugungi o‘rganishlarini Qumqo‘rg‘on tumanida davom ettirdi. Dastlab, “Bobolochin” mahallasida bo‘sh turgan “Madaniyat uyi” binosidan samarali foydalanish bo‘yicha taqdimotlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tumanda bo‘sh turgan davlat obyektlarini xatlovdan o‘tkazish, ma’muriy binolarni maqbullashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun bo‘sh yer maydonlarini auksionga chiqarish ishlari muhokama qilindi.

Har bir loyiha va yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarning axborotlari tinglandi. Binoning holati o‘rganilib, uni davlat-xususiy sherikchilik asosida faoliyat yo‘nalishini saqlagan holda aholi uchun hordiq chiqarish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Faol hayotga qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-martdagi 43-sonli Farmoni ijrosi doirasida...

Ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa

Sariosiyo tumanidagi “Tortuli” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabida deputatlar...

“Men — donorman”

Surxondaryo viloyatidagi Qon quyish markazida “Men — donorman” shiori...

Mehnatga rag‘bat, kelajakka ishonch

Oltinsoy tumanida yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ularga zarur ish...
KunTun
KunTun