To‘palangdan Termizga suv keldi

Date:

So‘nggi yillarda yurtimizda aholining hayot sifati va turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha boshlangan megaloyihalar nafaqat bugungi kun ehtiyojlarini qondirish, balki kelajak avlod uchun ham mustahkam asos yaratishga xizmat qilmoqda.Shunday ulkan tashabbuslardan biri — To‘palang suv omboridan Termiz shahrigacha toza ichimlik suvi yetkazib berish loyihasidir.
Prezidentimizning 2021-yil 2-iyundagi Surxondaryoga tashrifi davomida viloyatni barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida To‘palang suv omboridan 361 kilometr uzunlikdagi magistral quvur orqali Termizgacha suv yetkazish tashabbusi ilgari surilgan edi.
2021–2026-yillarga mo‘ljallangan mazkur megaloyiha doirasida Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy va Bandixon tumanlarida yangi suv ta’minoti tizimi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, To‘palang asosiy magistralidan 200 metr qo‘shimcha tarmoq tortilib, u “Xo‘jaipok” magistraliga ulanib, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Angor va Muzrabot tumanlari aholisining ichimlik suvi ta’minoti ham sezilarli yaxshilandi.
Bugunga kelib, Termiz shahrigacha bo‘lgan barcha suv tarmoqlari to‘liq yakunlandi hamda “Shimoliy darvoza” va “Manguzar” guruhli suv inshootlariga suv quyish jarayonlari boshlandi. Vloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov va “O‘zsuv-ta’minot” AJ raisi Axmad Suvonqulov ushbu inshootda To‘palangdan kelayotgan toza ichimlik suvini Termiz aholisiga uzatish jarayoniga rasmiy start berdilar.
Shu bilan birga, loyihaning navbatdagi bosqichlari, inshootlar qurilishi va amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha taqdimotlar ham ko‘rib chiqildi. Mas’ullarga loyiha sifatini oshirish, uni kelgusi yil yakuniga qadar to‘liq tugatish va ichimlik suvi qamrovini yanada kengaytirish vazifalari topshirildi.
To‘palang–Termiz magistral suv loyihasi Surxondaryo viloyati uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, minglab aholining hayot darajasini yaxshilashga xizmat qiladi. Loyihaning bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani Prezident tashabbuslari amalda o‘z natijasini berayotganining yaqqol isbotidir. Eng muhimi, insonlarga sifatli ichimlik suvi yetkazib berish — ularning sog‘ligi, farovonligi va kelajak taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun